“YASAUL” KONI OMBORIDAN OLINGAN TEXNOLOGIK NAMUNANI TADQIQ QILISH
Аннотация
Ushbu maqolada “Auminzo-Amantay” konining “Yasaul” omboridan
olingan texnologik namunaning sorbsion sianlash usulida qayta ishlanishi bo‘yicha
laboratoriya tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi oltin va
kumushning sianlash jarayonida ajralib chiqish darajasiga ma’danni maydalash darajasi
hamda sorbsion sianlash davomiyligining ta’sirini aniqlashdan iborat. Boshlang‘ich
namunada oltin miqdori 0,70 g/t, kumush miqdori 6,10 g/t ni tashkil etdi. Tajribalar 70,
80 va 90 % sinfi -0,071 mm bo‘lgan maydalash darajalarida hamda 24, 30 va 36 soatlik
sianlash davomiyligida olib borildi. Barcha tajribalarda NaCN konsentratsiyasi 500 mg/l
va ko‘mirning bir martalik yuklamasi 3,4 % qilib belgilandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
maydalash darajasi va sianlash davomiyligining ortishi oltin va kumushning eritmaga
o‘tish darajasini oshirishi aniqlandi. Eng yuqori natija 90 % sinfi -0,071 mm bo‘lgan
maydalash va 36 soatlik sianlash sharoitida olindi. Mazkur rejimda oltinning ajralib
chiqishi 72,8 %, kumushniki esa 93,4 % ni tashkil etdi.