PORTLAND SEMENT KLINKERINI HOSIL BO‘LISH JARAYONLARINI YUQORI HARORATLI STA-1700 PECHIDA O‘RGANISH
Keywords:
Portland sement, klinker hosil bo‘lishi, STA-1700 pechi, yuqori haroratli tajribalar, termik faza o‘zgarishlariAbstract
Ushbu tadqiqot Portland sement klinkerining laboratoriya sharoitida STA-1700 rusumli yuqori haroratli pechda hosil bo‘lish jarayonlariga bag‘ishlangan. Klinker hosil bo‘lishi 1100 °C, 1200 °C va 1250 °C haroratlarda kuzatildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — ayniqsa 1250 °C da sodir bo‘ladigan fazaviy o‘zgarishlar va kimyoviy reaksiyalarni tahlil qilishdir. Tadqiqot natijalari laboratoriya sharoitida portland sement sintezi shartlarini optimallashtirish hamda boshqariladigan issiqlik rejimlarida klinker kimyoviy tarkibini chuqurroq anglash imkonini beradi.

