XIX ASRNING 60-YILLARIDA INGLIZ-RUS MUNOSABATLARIDA HERMAN VAMBERI ESKPEDITSIYASINING AHAMIYATI
Keywords:
Herman Vamberi, Buyuk Britaniya, Rossiya imperiyasi, O‘rta Osiyo, XIX asr, diplomatiya, josuslik, Buxoro, Xiva, turkologiya, siyosiy raqobat, imperiyalar o‘rtasidagi kurash.Abstract
Ushbu maqolada XIX asrning 60-yillarida Buyuk Britaniya va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi geopolitik raqobat doirasida Herman Vamberining O‘rta Osiyoga qilgan safarining siyosiy va ilmiy ahamiyati yoritiladi. Maqolada Rossiyaning Xiva va Buxoro bilan olib borgan diplomatik muzokaralari hamda bu hududlarda o‘z ta’sirini kuchaytirish harakatlari kontekstida Buyuk Britaniyaning javob harakati sifatida Vamberini josus sifatida yuborishi haqida so‘z yuritiladi. Herman Vamberining tilshunoslik, turkologiya va razvedka faoliyati tarixiy manbalar asosida ochib berilgan bo‘lib, uning O‘rta Osiyo xalqlari hayoti va Rossiyaning ekspansiyasi to‘g‘risidagi fikrlari ham tahlil qilingan.

