SHAR PROKATLASH VALOKLARINI QIRQUVCHI KULACHOKLI MEXANIZMNING MATEMATIK MODELLARI VA KINEMATIK TAHLILI

Authors

  • Axmedov A.X. Author
  • Hojibekov T.D. Author
  • Axmedov.D.A Author

Keywords:

kulachokli mexanizm, shar prokatlash valogi, vintli kalibr, eksentrisitet, kulachok profili, kinematik tahlil, sinxronizatsiya, texnologik xato, dezaksial mexanizm, bosim burchagi.

Abstract

Mazkur maqolada shar prokatlash valoklarining uch kirimli (
3 z = ), ariqchalar markazi radial yo‘nalishda siljigan (eksentrik) vintli kalibrlarini
qirquvchi tizim kulachokli mexanizmlarining analitik matematik modellari va
kinematik tahlili bayon etiladi. Kesuvchi asbobning fazaviy trayektoriyasini
ifodalovchi parametrik analitik model, dezaksial kulachokli mexanizm uchun
sinusoidal, kosinusoidal va doimiy tezlanish harakat qonunlarida siljish, tezlik
analogi, tezlanish analogi, bosim burchagi va nisbiy tezlik formulalari keltiriladi.
RT117 toko-vintkesar dastgohida kulachokli kopir, xodovoy vint va shpindel
orasidagi harakatlar sinxronizatsiyasining kinematik tenglamalari shakllantiriladi.
Texnologik xatolarni baholash natijalari GOST 7524-2015 talablari doirasida
bo‘lganligi aniqlandi. “O‘zmetkombinat” AJ ga joriy etish natijasida import
kulachokli kopirlar tannarxi 3–3,5 marta, chashka rezeslar va opravkalar 3,5–4 marta
arzonlashtirildi; ∅50 mm sharlarni ishlab chiqarish unumdorligi 1,5–1,6 marta
oshirildi.

Downloads

Published

2026-06-30