INGICHKA BOYITISH FABRIKASIDA TO‘PLANGAN CHIQINDILARI VA UzTMK GIDROMETALLURGIK KEKLARINING GRAVITATSION BOYITILUVCHANLIGINI QIYOSIY BAHOLASH
Annotatsiya
Maqolada Ingichka boyitish fabrikasining to‘plangan chiqindilari
(0,064% WO₃) va «UzTMK» AJ NPO avtoklav-soda tanlash keklarining gravitatsion
boyitiluvchanligi og‘ir suyuqliklarda zichlik bo‘yicha fraksiyalash asosida baholangan.
Chiqindilarning -3+0,044 mm sinfida volframning 48,7% i 4,48% chiqishdagi >3,6 g/sm³
fraksiyada, keklarning -1+0,5 mm sinfida esa atigi 14,6% i 0,97% chiqishdagi fraksiyada
to‘plangani aniqlandi. Sheelit va gedenbergit uchun konsentratsiya mezoni 2,04 ga
tengligi og‘ir piroksenlarning gravitatsion ajratish selektivligini cheklashini ko‘rsatdi.
Chiqindilar uchun gravitatsion boyitishda erishiladigan nazariy ajratib olish chegarasi
taxminan 70% ekanligi asoslandi.