METALLURGIYADA QIZDIRISH QURILMALARINING AHAMIYATI VA PECHLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Keywords:
Metallurgiya, qizdirish qurilmalari, sanoat pechlari, issiqlik energiyasi, harorat nazorati, energiya samaradorligi, issiqlik muvozanati, termik ishlov.Abstract
Ushbu maqolada metallurgiya sanoatida metall va qotishmalarni ishlov berish jarayonida qizdirish qurilmalarining roli, ularning energetik samaradorligi va texnologik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Har xil turdagi pechlar (elektr, gaz, induksion, o‘choqli va boshqalar) ning ishlash prinsiplari, ularni loyihalash va ishlatishda qo‘yiladigan muhim talablarga ilmiy asosda baho berilgan. Pechning ishonchliligi, harorat nazorati, issiqlik bir tekis taqsimlanishi, ekologik xavfsizligi va texnik xizmat ko‘rsatish talablari alohida tahlil qilinadi.

