TEMURIYLAR VA SHAYBONIYLAR O‘RTASIDAGI SIYOSIY KURASHNI SABABLARI VA OQIBATLARI. (MANBALAR TAHLILI ASOSIDA)

Authors

  • Mutallibjonov Boburmirzo Author

Keywords:

Temuriylar, Shayboniylar, siyosiy kurash, mafkura, manbashunoslik, tarixiy tahlil, Movarounnahr, jihod, boshqaruv modeli, Bobur.

Abstract

Bu maqolada Temuriylar va Shayboniylar o‘rtasidagi siyosiy kurashning asosiy sabablari, mafkuraviy asoslari va oqibatlari tarixiy manbalar tahlili asosida yoritiladi. Kirish qismida XV–XVI asrlarda Markaziy Osiyoda siyosiy raqobat kuchaygan davrda Temuriylar davlati ichki nizolar sabab zaiflashgani va bu holat Shayboniylar harakatiga qulay sharoit yaratgani ta’kidlangan. Adabiyotlar tahlili bo‘limida “Zafarnoma”, “Boburnoma” va “Abdullanoma” kabi tarixiy manbalar hamda zamonaviy tadqiqotchilarning ishlari asosida sulolalarning siyosiy modeli, mafkurasi va davlat tuzilmasi solishtirildi. Metodologiyada tarixiy-komparativ, manbashunoslik va siyosiy-funksional tahlil metodlari qo‘llanilib, kurash sabablarini har tomonlama ochib berishga xizmat qilgani bayon etiladi Natija qismida Shayboniylarning g‘alabasi nafaqat siyosiy hokimiyat almashinuvi, balki mafkuraviy ustunlik va yangi boshqaruv modelining shakllanishiga olib kelgani tahlil qilinadi. Muhokama qismida esa ushbu kurashning uzoq muddatli ta’siri, xususan Boburning Hindistonga chekinib, yangi imperiya asos solgani, Shayboniylarning esa Movarounnahrda barqaror siyosiy tuzum o‘rnatgani ilmiy asosda izohlangan.

Downloads

Published

2025-07-31

Issue

Section

Articles